Shahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton Hindiston va Butanga rasmiy tashrif buyuradilar, deb xabar bermoqda Kensington saroyiga iqtibos keltirgan holda The Telegraph nashri.
Ularning safari 10 aprelda Mumbaydan boshlanadi. So‘ngra juftlik Nyu-Dehliga va Kaziranga milliy bog‘iga tashrif buyurishadi. Keyin esa Uilyam va Keyt Butan poytaxti Tximpxuga kelishadi. Ularning safari 16 aprelda Toj-Mahal saroyiga tashrif bilan yakunlanadi.
Nashrning ta'kidlashicha, Toj-Mahalda Uilyamning onasi – malika Diana o‘z turmush o‘rtog‘i, Uilyamning otasi – shahzoda Charlz bilan ajrashishiga ishora qilgan. Bu 1992 yilda bo‘lgan. O‘shanda Diana dunyodagi eng romantik inshoot fonida bir o‘zi suratga tushgan.
Bu voqeadan deyarli 25 yil o‘tib Uilyam o‘z rafiqasi bilan onasi tashrif buyurgan saroyga tashrif buyuradi.
Juftlik Hindiston va Butanga birinchi bor keladilar. Ular safarga o‘zlari bilan birga farzandlarini olmaydilar.