Fransiyada o‘rta asrlarga tegishli qabrlar musulmonlarga tegishli bo‘lgani aniqlandi

Jahon 21:42 / 26.02.2016 7317

Fransiyada topilgan o‘rta asrlarga tegishli qabrlardagi odam suyaklari arxeologik va genetik tahlili bu suyaklar musulmonlarga tegishli ekanini tasdiqladi. Tadqiqot PLoS ONE ilmiy jurnalida chop etilgan.

O‘rta asrlar vaqtida O‘rta Yer dengizining arab-islom istilosi juda tez kechgan va mintaqada jiddiy siyosiy va madaniy o‘zgarishlarga olib kelgan. Musulmonlarning Piriney yarimorolida bo‘lgani hujjatlashtirilgan, biroq yarimoroldan shimolga tomon musulmonchilik yoyilishining birorta isboti yo‘q edi.

Dastlabki arxeologik tadqiqotlar Milliy instituti xodimi Iv Glez va uning Bordo universitetidagi hamkasblari Fransiyaning Nima shahrida topilgan suyaklarning u yerda 8-asrda istilochilar bo‘lgani bilan bog‘liqligini tekshirdilar. Tadqiqotchilar suyaklar DNKsini tahlil qildilar, bu suyaklar tegishli bo‘lgan odamlarning jinsi va yoshini aniqladilar hamda ularning dafn qilinishi jihatlarini o‘rgandilar.

Arxeologlar jasadlar musulmon an'analariga ko‘ra dafn qilingani, ya'ni ular boshlari bilan qibla tomonga qaratib ko‘milganini aniqlashdi. Genetik tahlil ularning Shimoliy Afrikada ajdodlari bo‘lganini, radiouglerod tahlil esa qabrlar 7-9 asrlarga tegishli ekanini tasdiqladi. Olimlar bu suyaklar Umayadilar (arab xalifalari sulolasi) armiyasidagi berberlarga (7 asrda islomni qabul qilgan Shimoliy Afrikaning tub aholisi) tegishli bo‘lganini taxmin qilishgan.

Tadqiqot mualliflarining fikricha, musulmon qabrlarining ko‘p emasligiga qaramasdan, bu topilma musulmonlarning Fransiya janubida 7-asrlardayoq bo‘lganining jiddiy tasdig‘i hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: