Suriyaning Homs shahridagi terakt qurbonlari soni ortib bormoqda

Jahon 14:18 / 21.02.2016 3254

21 fevral kuni Suriyaning Homs shahrida 2ta terakt sodir etilishi tufayli halok bo‘lganlar soni 26 nafarga yetdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi shahar shifoxonasidagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Aniqlik kiritilishicha, bu portlashlar tufayli jarohatlanganlar soni 100 nafardan ortib ketgan.

"Halok bo‘lganlar soni 26 nafar. Turli darajadagi jarohatlari bilan shifoxonaga olib kelinganlar soni 100 nafardan ortiq. Jarohatlanganlar shahardagi 3ta shifoxona bo‘ylab joylashtirilmoqda", deydi manba.

Bundan oldingi xabarlarda bu terakt tufayli halok bo‘lganlar soni 14 nafarligi aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: