AQShning San-Bernardino okrugi hokimiyati o‘zining tvitterida 2015 yil dekabrda bu okrugda terakt sodir etgan terrorchilardan birining iCloud bulutli saqlagichidagi Apple-akkauntdagi paroli Federal qidiruvlar byurosi iltimosiga ko‘ra o‘zgartirilganini ma'lum qildi.
"San-Bernardino okrugi FQB bilan hamkorlikka bordi va uning iltimosi bilan iCloud bulutli saqlagichidagi terrorchiga tegishli parolni o‘zgartirdi", deyilmoqda xabarda.
FQB ayni vaqtda bu xabarga hech qanday izoh bermadi.