Rixstilla Abdullayev: “Sug‘diyona” filmida haqoratli so‘zni aytishga majburlashgan

Jamiyat 19:13 / 21.02.2016 15785

Aktyor Rixstilla Abdullayev o‘zining Instagram’dagi sahifasida muhlisi tomonidan berilgan kutilmagan savolga javob berishiga to‘g‘ri keldi.

Unda aktyor va boshlovchidan “Sug‘diyona” filmida haqoratli so‘zni aytishga qanday tili borganligi to‘g‘risida so‘ralgan: 

“Sizning san'atingizni hurmat qilamiz va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Ammo, bir narsa hech yodimdan chiqmaydi. Aniqrog‘i, "Sug‘diyona" filmida tungi klubda italiyalik faylasufning “Barcha ayollar ....” degan fikrini aytib o‘tgan edindgiz. Shu jumlani aytishga qanday botina olgansiz?! Sizni ham qizingiz, singlingiz, bo‘lsa kerak. Ertaga qizingiz shu filmni ko‘rib, balki o‘zingizga ham shu savolni berishi mumkin. Tan olish kerak, rolni qoyilmaqom qilib ijro etgansiz. Ammo, biz O‘ZBeKmiz, bizning milliy qadriyatlarimiz, odob-axloqimiz, mentalitetimiz bor! To‘g‘ri kelgan gapni, to‘g‘ri kelgan joyda aytish bizga yarashmaydi! Alloh taolo barchamizga tavfiq bersin!”

Aktyor muxlisining kutilmagan savoliga javob qaytargan.

“Salom! Bu bahsli masala! To‘g‘risi u vaqtda kino olamiga yangi kirib kelgandim mening fikrimni hech kim eshitmasdi. Shunga to‘g‘ri tushuning. Bizni ssenariyda bor narsani ijro etishga majburlashadi! Hozir ancha ulg‘aydik, fikrimizni o‘tkazamiz!!!”, – deya javob bergan u.

Ko‘proq yangiliklar: