MWC 2016 ko‘rgazmasi: ishlab chiqaruvchilar qanday gadjyetlar bilan hayratlantirar ekan?

Fan-texnika 09:44 / 21.02.2016 4778

26 fevral kuni Barselonada elektronika olamining so‘nggi yutuqlariga bag‘ishlangan eng yirik xalqaro ko‘rgazma - Mobile World Congress (MWC) bo‘lib o‘tadi. Butundunyo mobil kongressida elektron bozorning asosiy ishtirokchilaridan tashqari tez orada do‘konlarda paydo bo‘luvchi yangiliklarni namoyish etishadi.

Samsung

Kompaniya ko‘rgazma ochilishi arafasida 21 fevral kuni o‘z matbuot-anjumanini o‘tkazadi. Unda koreyalik gigant kompaniya 3ta yangi mahsulot: Galaxy S7 flagman-smartfoni, uning qayrilgan ko‘rinishi S7 edge va panoramali VR Gear 360 kamerasini taqdim etadi. OAVda Galaxy S7 xususiyati to‘g‘risidagi xabarlar yil boshida “bolalagan” edi. Android-qurilmaning birinchi “jonli” surati esa fevral boshida chop etildi.

Samsung Galaxy S7 va S7 Edge smartfonlari mos ravishda 5,1 va 5,5 dyuymli QHD ko‘rsatish qobiliyatiga ega (2560×1440 nuqtali) Super AMOLED displeylari, Qualcomm Snapdragon 820 yoki Samsung Exynos 8890 protsessorlari, 4 Gbayt tezkor xotira, 32 yoki 64 Gbaytli flesh-xotira, microSD xotira kartalari uchun slot, barmoq izlari skaneri, 12 Mp li BRITECELL orqa kamera va selfi uchun 5 Mp li old kamera bilan jihozlanadi.

Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge’ning tez quvvatlanish funksiyasiga ega akkumulyatorlari hajmi mos ravishda 3000 va 3600 mA•soatni tashkil qiladi.

Ikkala model ham Yevropa va AQShga 11 martdan sotuvga chiqariladi.

Yangi Gear 360 VR-kamerasi esa “baliq ko‘zi”dek (180 gradus) ikki obektivdan iborat bo‘ladi. Foydalanuvchilarni tashqi quvvat manbaiga ulanish zaruriyatidan xalos etish maqsadida o‘z akkumulyatoriga ega. Videoning maksimal darajasi 3840x1920 (ikki linza orqali tasvirga tushirilsa) yoki 1920x1920 (bir linza bilan) pikselni tashkil etadi.

LG


Samsung Galaxy S7 bilan bir vaqtning o‘zida G5 flagman-smartfoni ham namoyish etiladi. Uning tashqi ko‘rinishi va xususiyatlari hozircha sir bo‘lib qolmoqda. Biroq apparat doimiy yoniq ekran funksiyasiga ega.

O‘tgan haftada yangi smartfon uchun hali yaratilmagan maxsus g‘ilof to‘g‘risida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, Quick Cover shaffof korpusi qo‘l tegishi bilan ishga tushuvchi maxsus materialdan ishlangan. Foydalanuvchilar smartfonni g‘ilofini olmasdan turib, qo‘ng‘iroqlarga javob berishlari mumkin.

HTC


HTC yuqoridagi raqobatdoshlaridan farqli o‘laroq, smartfonlar taqdimotini o‘tkazmaydi. U asosiy e'tiborni Vive virtual reallik ko‘zoynaklariga qaratmoqda. Shuningdek, ko‘rgazmada mazkur yangilikning narxi ham e'lon qilinishi mumkin.
HTC bosh direktori Sher Vonning so‘zlariga ko‘ra, hozir kompaniya uchun telefon biznesidan ko‘ra, virtual reallik qurilmalari muhimroqdir. NTS kompaniyasining bu boradagi ilk gadjyeti Valve bilan hamkorlikda yaratilgan Vive ko‘zoynaklari bo‘ladi. Qurilma aprel oyida sotuvga chiqadi.

MWC 2016 ko‘rgazmasida kompaniya Under Armour sport kiyimi bilan hamkorlikda yaratilgan HealthBox – jismoniy faollik nazorat tizimini ham namoyish etishi mumkin.

Huawei


Kompaniya 21 fevral kuni uyushtiradigan tadbirida mutlaqo yangi qurilmani namoyish etishni va'da bergan. Taxminlarga ko‘ra, u joriy yilda 4ta yangi smartfonni namoyish etadi.

Sony


Ko‘rgazmada kompaniyadan yirik namoyishlar kutilmayapti. O‘tgan yilning sentabrida yaponlar Z savdo markasini yangilaganliklari sabab, Xperia-smartfonlarining namoyish etilishi dargumon. Birgina, Sony o‘zining Xperia Z Tablet Compact planshetini ixcham ko‘rinishini taqdim etishi mumkin.

Nokia


O‘tgan yili mobil telefonlar bozorida ishlab chiqaruvchilar orasida katta “o‘yinchi”lardan biri Nokia, 2016 yilda yana ishlab chiqarishni tiklash va qurilmalarga litsenziya berishga qaytishini e'lon qildi. Buni amalga oshirishdan uni Microsoft bilan tuzilgan shartnoma to‘xtatayotgan edi.

Lekin MWC 2016 ko‘rgazmasida Nokia`ni yangi qurilma taqdim etishdan hech narsa to‘xtatmaydi, bundan tashqari ular yangi tarmoqli uskunalar va 5G stansiyalarini namoyish qilishlari mumkin.

Xiaomi


Xitoyning Xiaomi kompaniyasi bundan oldin MWC ko‘rgazmasida hech qachon qatnashmagan, lekin bu yil vaziyat o‘zgarishi mumkin. Kompaniya Mi 5 flagman smartfonining taqdimotiga ishora qilib, 24 fevral kunga muxbirlarni ko‘rgazma doirasida bo‘lib o‘tadigan “medianamoyish”ga taklif qildi.
Xiaomi vitse-prezidenti Ugo Barra tvitterida joylashtirgan suratiga ko‘ra, smartfon eng zamonaviy Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, ikki SIM-karta uchun joy va NFC-chipiga ega bo‘ladi.
Boshqa manbalarga ko‘ra, Mi 5 5,2-dyuymli ekran va 3600 mA*s li batareya bilan jixozlanadi. Qurilma ikki xil turdagi xotira bilan: 32 Gb doimiy va 3 Gb operativ va 64/4 Gb li xotira bilan sotuvga chiqadi.

BlackBerry


O‘tgan yilning oxirida BlackBerry kompaniyasi o‘zining birinchi slayder ko‘rinishidagi Android smartfoni Priv ni taqdim etgan edi. Mish-mishlarga qaraganda, kompaniya shu smartfonning QWERTY-klaviaturasisiz kabi har xil turlarini tayyorlamoqda va MWC 2016 ko‘rgazmasi ularni taqdim qilishning eng qulay vaqti deb xisoblashadi. Lekin bu amalga oshmasligi ham mumkin, chunki kompaniya MWC da hech qanday matbuot konferetsiyasini o‘tkazishni rejalashtirmagan.

Hewlett-Packard


HP uzoq paytlardan beri muhokama qilinib kelayotgan Elite X3 Windows-smartfonini MWC ko‘rgazmasida taqdim etishi mumkin.
Yangiliknining xomaki nomi Falcon bo‘lib, u 5,8-dyuymli ekran (2560x1440 piksellar), zamonaviy Qualcomm Snapdragon 820 protsessori va 64 gigabaytlik flesh-xotira bilan qurollanadi. Bundan tashqari, Elite X3 ning asosiy “ko‘zi” 20 megapiksel va old tomondagisi esa 12 mp bo‘lishi rejalashtirilgan.

Oppo


Yanvar oyining oxirida, Oppo kompaniyasi xind bozorida o‘zining birinchi F1 “selfifon”nini namoyish etgan edi. Yangilikda selfi va videochat uchun 8-megapiksellik kamera, suratlarga ishlov berish uchun Beautify 3.0 va PureImage 2.0 programmalari o‘rnatilgan.
Kompaniya MWC 2016 da “mobil kamera bilan bog‘liq bo‘lgan, misli ko‘rilmagan yangilik”ni namoyish qilishga va'da berdi. Ehtimol, Oppo taqdim etilgan modelning AQSh va Yevropa uchun takomillashtirilgan F1 plus (5,5-dyuymli ekran va 4 GB "operativ xotira”) smartfonini taqdim etadi.

Ko‘proq yangiliklar: