Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino Milanning «Inter» jamoasiga munosabati haqida fikr bildirib o‘tdi.
«Men hozir uyga qaytgandekman. Bu yurt bilan meni ko‘p narsa bog‘lab turadi. Milanda keyingi 6 yil ichida bo‘lmadim, lekin bu 6 kundek o‘tib ketdi. Futbolda insonlar o‘rtasidagi qalin munosabatlar g‘alabalarning kafolatidir. Moratti hamisha men uchun prezident bo‘lib qolgan.
Men kunlardan bir kuni «Inter»ga qaytamanmi? Nega bunday bo‘lmasin? Men o‘z vaqtida «Chelsi»dan ketib, yana qaytgandim. Bunday ish albatta «Inter» bilan ham sodir bo‘lishi mumkin.
Men faoliyatimning eng zo‘r davri aynan Milanda kechganini tan olishim kerak. Jamoa o‘tgan vaqt ichida ancha o‘zgardi.
Albatta hozir jamoani boshqarib turgan Erik Tohir va murabbiy Manchiniga o‘z ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman.
Men yangi mavsumdan «Inter»ni boshqarish niyatida emasman. Men dam olishni istayman. «Manchester Yunayted» bo‘yicha savollarga esa javob qaytarmoqchi emasman», deydi Mourino Italiyaga safari vaqtida jurnalistlarga intervyu bera turib.
Mourino Italiya A seriyasi doirasidagi «Inter» va «Sampdoriya» uchrashuvini «San-Siro» o‘yingohida turib kuzatdi.
Bundan oldinroq, ushbu 53 yoshli mutaxassisning yangi mavsumda «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallashi haqida ishonch bilan gapirishayotgandi.
Joze Mourino: Men o‘zimga jamoa izlamayman, ular meni izlashadi