Amerikaning Michigan shtati shimolidagi Kalamazo shahrida 21 fevral kuni yo‘ldagi mashina ichidan tartibsiz ravishda o‘t ochilishi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 7 nafarni tashkil qildi. Qurbonlardan biri 14 yoshli qiz bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, yana 3 kishi o‘q tegishi natijasida olingan jarohatlar bilan shifoxonaga olib borilgan.
Qayd etilishicha, bu jinoyatni sodir etgan shaxs shahar ko‘chasida ketayotgan yo‘lovchilarni o‘qqa tutgan. Politsiya bu jinoyatchini qidirmoqda.