«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Angliya Kubogining nimchorak finalidan o‘rin olgan «Chelsi»ga qarshi o‘yini arafasida jurnalistlarga intervyu berdi.
U ikki jamoa ham o‘yinga ikkinchi tarkibni tushirishni rejalashtirgani haqida aytgan.
«Albatta, men bu o‘yin haqiqiy o‘yin kabi bo‘lishiga kafolat bermayman. Bunday o‘yin uchun chipta sotib olmagan bo‘lardim. Bir hafta oldinoq bu o‘yinga asosiy tarkibdagi bironta o‘yinchini qo‘ymaslikni hal qilib bo‘lgandim.
Men «Chelsi»ga qarshi o‘yinimizga kelgan muxlislar o‘zlari istaganidek zavq olishiga ishonch bildirmayman.
Albatta men oddiy muxlis emasman. Men yoshlarimiz o‘yinini kuzatmoqchiman», – deydi Pellegrini.
Qayd etish kerakki, manchesterliklarda ayni vaqtda bir qator futbolchilar jarohat tufayli safdan chiqishgan. Qolaversa ayni vaqtda taqvim juda tig‘iz ko‘rinish olgan. Bugun «Chelsi»ga qarshi o‘yin o‘tkazgan jamoa ertaga YeChL doirasida «Dinamo»ga qarshi o‘yinni o‘tkazish uchun Ukrainaga yo‘l oladi. Kiyevdagi o‘yin 24 fevralda o‘tkaziladi, 28 fevral kuni esa jamoa Angliya chempionatining 27 turida «Nyukasl»ga qarshi maydonga tushadi.
Guus Xiddink: «Siti» ketma-ket mag‘lubiyatlarga ko‘nmaydi, biz hushyor bo‘lishimiz kerak»