London meri Boris Jonson Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini qo‘llab-quvvatladi. U bu haqda Sky News telekanali efirida aytib o‘tdi.
Jonson jiddiy o‘ylardan keyin shunday qarorga kelganini aytgan.
Avvalroq Jonson Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishini qo‘llab-quvvatlashi ma'lum qilingandi.
Bunga javoban Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Jonsondan Yevropa Ittifoqidan chiqish kampaniyasiga qo‘shilmaslikni iltimos qilgan.