AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining umid bildirishicha, AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin kunlar ichida muhokama o‘tkazib, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish borasida kelishuvga erishishadi.
"Men prezidentlarimiz Obama va Putin yaqin kunlar ichida o‘zaro muloqot tashkil qilib, Suriyadagi masalani muhokama qiladi va bu boradagi kelishuvga erishishiga umid qilayapman", deydi Kerri.
Suriya hukumati va muxolifati o‘rtasidagi muzokaralar 29 yanvar kuni Jyenevada boshlangan. Ular BMT Xavfsizlik kengashining 2254 raqamli rezolyutsiyasi bo‘yicha o‘tkazilmoqda. BMT maxsus elchisi Staffan de Mistura 3 fevral kuni muzokaralarda qisqa muddatli tanaffus bo‘lishi, 25 fevral kuni muzokaralar yana davom ettirilishini ma'lum qilgandi.
Bundan oldinroq, Suriya muxolifati Rossiya o‘z aviazarbalarini to‘xtatishi evaziga o‘t ochishni to‘xtatishi haqida ma'lum qilgandi.