Berlin kinofestivalining bosh mukofotini qochqinlar haqidagi film oldi

Jamiyat 07:19 / 21.02.2016 2837

Italiyalik rejissyor Janfranko Rozining "Fuocoammare" ("Dengizdagi alanga") hujjatli filmi 66-Berlin kinofestivalining bosh mukofoti – "Oltin ayiq"qa loyiq deb topildi. Bu haqda kinomukofotning rasmiy tvitterida ma'lum qilindi.

Film O‘rta Yer dengizidagi Lampeduza italyan orolidagi hayot haqida bo‘lib, bu yerga 2000-yillardan boshlab Yevropa davlatlariga bormoqchi bo‘lgan qochqinlar keladilar. 

Berlinale 11 fevraldan boshlab o‘tkazildi, bosh mukofotga 18 ta film da'vogarlik qildi.

Ko‘proq yangiliklar: