Suriya, agar terrorchilar o‘t ochishni to‘xtatishdan o‘z maqsadlarida foydalanmaydigan bo‘lsa, unda o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor, deb aytdi Suriya prezidenti Bashar Asad El Pais nashriga bergan intervyusida.
"Biz harbiy operatsiyalarni to‘xtatishga tayyorligimizni aytdik, biroq masalaning mohiyati terrorchilar tomonidan pozitsiyalarni mustahkamlashning oldini olish kabi muhimroq omillarga bog‘liq", deb aytdi Asad.
Asadning aytishicha, yarashuv uchun boshqa davlatlar, ayniqsa Turkiya terrorchilarga qurol-aslaha va tirik kuch yetkazib berishni hamda logistika masalalarida yordam berishni bas qilishi kerak.