«Barselona» Neymarni Olimpiada o‘yinlariga qo‘yib yubormoqchi emas

Sport 11:11 / 21.02.2016 2175

«Barselona» hujumchisi Neymar o‘z vatani Braziliyada, Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok eta olmasligi mumkin.

Kataloniyaliklar jamoasi rahbariyati bu 24 yoshli hujumchisini Olimpiadaga qo‘yib yuborishni istamayapti va uning qo‘yib yuborilishi ma'lum shartlar evaziga ro‘y berishi aytilgan. Unga ko‘ra futbolchi olimpiadaga borsa, bu vaqt uchun uning maoshi Braziliya futbol federatsiyasi tomonidan to‘lab berilishi kerak bo‘ladi. Shuningdek Neymar turnir vaqtida jarohat olgudek bo‘lsa, «Barselona»ga sug‘urta puli berilishi ta'minlanishi so‘ralgan.

Qayd etish kerakki, Neymar Olimpiadaga ketgan taqdirda, «Barselona»ning Yevropa Superkubogi va Ispaniya Superkubogi uchun ehtimoliy o‘yinlarida o‘z-o‘zidan ishtirok eta olmaydi.

Bundan oldinroq, Braziliya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dunga Olimpiada o‘yinlariga Neymar, Miranda va Alissonni taklif etishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: