Suriya prezidenti Bashar Asad Saudiya Arabistonidan Turkiya orqali Suriyaga jangarilar yuborilayotganini taxmin qildi. U bu haqda El Pais ispan nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Saudiya Arabistoni terrorchilarning bosh moliyachisi hisoblanadi. Ularni samolyotlarga o‘tkazib, Turkiyaga yuborishadi, u yerdan esa Suriyaga", deb aytdi Asad. Uning aytishicha, "Turkiya Suriyadagi voqealarga aralishishidan oldin ham Suriyaga jangarilar yuborgan".
Shu sababli Asad Saudiya Arabistoni va Turkiyaning Suriyadagi quruqlikdagi operatsiyalarini noqonuniy deb aytdi. "Bu bahona. Agar bu yuz bersa, biz bu davlatlarning harbiylariga terrorchilar kabi qaraymiz. Biz o‘z davlatimizni himoya qilmoqdamiz. Hech kimning Suriyaga siyosiy yoki harbiy nuqtai nazardan kirishga haqqi yo‘q", deb ta'kidladi Asad.
Asad Suriya hukumati qurollangan guruhlar tomonidan urushayotgan xorijliklarga kolgan terrorchilarga kabi munosabatda bo‘lishini aytdi.
Shu bilan birga Asad qurolni tashlaydigan muholif guruhlarni afv etishga va'da berdi. "Biz ularga amnistiya e'lon qilamiz, oxirgi ikki yil shunday qilmoqdamiz", deb qo‘shimcha qildi Asad.
Uning aytishicha, "qonun va konstitutsiya nuqtai nazaridan, odamlarga va hukumatga qarshi qurol yo‘naltirgan istalgan odam, xoh o‘z yurtida, xoh Suriyada, xoh boshqa davlatda bo‘lsin terrorchi hisoblanadi".