Kiyevda Milliy gvardiya va radikallar o‘rtasida to‘qnashuvlar kelib chiqdi

Jahon 23:20 / 20.02.2016 7543

Kiyevda Milliy gvardiya va Kiyevdagi Maydanga chodirlar olib kelgan radikallar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bermoqda, deb xabar bermoqda "News One" telekanali.

"Mening orqamda "radikal o‘ng sektor" va milliy gvardiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bermoqda", deb aytdi telekanal muxbiri voqea joyidan.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, radikallar Maydanda tunab qolishga undalgan odamlarga chodirlar olib kelmoqchi bo‘lishgan. Namoyishchilar "siyosatchilarni Maydan g‘oyalariga sotqinlik qilishda" ayblamoqdalar.

"Ular chodirlar olib o‘tmoqchi bo‘lmoqdalar, biroq milily gvardiya ularga buni qilishga imkon bermayapti", deb aytdi muxbir.

Ko‘proq yangiliklar: