Qirg‘iziston chegarachilari yana Tojikiston alyuminiy kontrabandasini qo‘lga olishdi

Jamiyat 14:27 / 19.02.2016 3209

Mamlakat chegara xizmati Tojikistondan Qirg‘izistonga yana alyuminiy olib kirishga urinish bo‘lganini xabar qilgan.

17 fevral kuni Botkent viloyati hududida Tojikiston fuqarosi davlat chegarasi tartibini buzgani uchun qo‘lga olingan. U 19 tonna alyuminiyni yuk uchun tegishli hujjatlarsiz Qirg‘iziston hududiga olib kirmoqchi bo‘lgan.

Kontrabanda yukning umumiy qiymati 900 ming somni tashkil etgan.

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida “qanotli metall” bilan Tojikiston fuqarolarining qonun buzarliklari tez-tez uchrab turadigan holat hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: