Kolumbiyadagi turmaning kanalizatsiyasida 100 nafar bo‘laklangan jasad topildi

Jahon 21:26 / 19.02.2016 10396

Kolumbiya hukumati mamlakat poytaxti Bogotadagi La Modelo turmasi ostidagi kanalizatsiyada 100 nafar bo‘laklangan jasadning aniqlangani sababli tergov olib bormoqda, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

"O‘tgan yilning oxirida La Modelo turmasida noaniq sondagi odamlarning yo‘qolgani va bo‘laklangan bo‘lishi mumkinligi bo‘yicha tergovni boshlagandik", deb aytdi o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha davlat ayblovchisi Katerina Xeyk Puyana.

Puyana qurbonlar orasida turmada saqlangan jinoyatchilar, turmaga tashrif buyurganlar va hattoki turma bilan hech qanday aloqasi bo‘lmaganlar ham borligini ta'kidladi. Jasadlar bo‘laklari kanalizatsiya tizimining drenaj quvurlariga tashlab yuborilgan.

Hukumatning ma'lum qilishicha, bunday "topilmalar" nafaqat La Modelo turmasida, balki boshqa turmalarda ham aniqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: