Yaponiyada sanksiyaga qaramay KXDRga mahsulotlar sotgan rahbar qo‘lga olindi

Jamiyat 17:07 / 18.02.2016 1959

Yaponiyada sanksiyaga qaramay KXDRga mahsulotlar sotgan rahbar qo‘lga olindi. Taxmin qilinishicha, umumiy qiymati 53 ming dollar bo‘lgan mahsulotlar Shimoliy Koreyaning boy qatlam vakillariga mo‘ljallangan. Savdo kompaniyasining binolaridagi qidiruv ishlari Tokida bo‘lib o‘tmoqda. Ular KXDR bilan savdo ishlarini amalga oshirib, Yaponiyada qabul qilingan Pxenyan sanksiyasini buzganlikda ayblanmoqda.

Mahalliy politsiyaning xabar berishicha, 48 yoshli firma rahbari qo‘lga olingan.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya joriy yilning yanvar oyida KXDRga uchinchi mamlakat orqali dengiz bo‘ylab sotilgan yuklarni yuborgan. Ularning orasida oshxona buyumlari, jumladan, idish-tovoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va ba'zi zaruriy anjomlar bo‘lgan. Shimoliy Koreyaga noqonuniy tarzda yuborilgan mahsulotlarning umumiy qiymati 6 million iyena (ya'ni 53 ming dollar)ga yaqin mablag‘ni tashkil etadi. O‘z navbatida, bu mahsulotlar Shimoliy Koreya jamiyatining yuqori qatlam vakillari uchun mo‘ljallanganligi qayd etiladi.

7 fevral kuni KXDR sinovdagi Soxe (Tonchxan-ni) poligoni bilan birgalikda yerning sun'iy yo‘ldoshi bo‘lmish “Kvanmenson-4” (“Charaqlagan yulduz-4”) raketa-eltuvchisini ishga tushirdi va orbitaga uchirdi. Bunga qadar, 6 yanvar sanasida respublika hukumati vodorod bombasining sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida e'lon qilgan edi. Bu sinovlar ko‘plab mamlakatlarda salbiy taassurot uyg‘otdi. Ular Pxenyanni BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyasini buzgan, deya qoralashdi.

KXDRning ta'kidlashicha, yadroviy test “himoyalanish” maqsadida, yo‘ldoshni uchirish esa, “tinchlik yo‘lidagi koinot tadqiqotlariga qiziqish” bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: