Turkiya tashqi ishlar vazirligi Anqaradagi teraktdan keyin BMT Xavfsizlik kengashiga doimiy a'zo davlatlar elchilarini chaqirtirdi, deb xabar bermoqda NTV telekanali.
Ta'kidlanishicha, vazirlikka AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya elchilari chaqirtirilgan.
Avvalroq Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu Anqaradagi teraktni 1992 yilda tug‘ilgan Saloh Nesar amalga oshirganini ma'lum qilgandi. Dovudo‘g‘luning aytishicha, xudkush Turkiyada taqiqlangan "Xalq mudofaasi kuchlari" a'zosi bo‘lgan.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchi chegarani noqonuniy o‘tgan hamda Kurdiston ishchi partiyasi va Suriya razvedkasi bilan aloqada bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
17 fevralda Anqarada minalashtirilgan avtomobil harbiy yotoqxona oldida portlatildi. Terakt oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, 60 dan ko‘proq kishi jarohat olgan.