Tailandda bir yildan ortiq noqonuniy yashash 3 yillik, uch yildan ortiq noqonuniy yashash esa 5 yillik, besh yil noqonuniy yashash – 10 yillik mamlakatga kira olmaslik taqiqi bilan jazolanadi.
"Chet ellik fuqarolar qirollikda yashashning ruxsat etilgan muddatini buzishsa, qayta kelish bo‘yicha vaqtinchalik taqiqqa uchrashadi", deya xabar beradi TASS.
Yangi qonun 20 martdan kuchga kiradi.
Yangi qoidaga ko‘ra, Tailandda chet el fuqarosi qonun buzsa, besh yildan o‘n yilgacha mamlakatga kira olmaydi.
Ushbu taqiq voyaga yetmaganlarga, shuningdek, 20 martgacha Tailanddan chiqib ketadigan chet elliklarga taalluqli emas, aniqlik kiritdi Immigratsiya idorasi.
Hozirgi qoidalarga ko‘ra, mamlakatga qayta kirishni taqiqlovchi jazo ko‘zda tutilmagan, immigratsion idora zobitlari faqatgina muddatdan o‘tgan har bir kun uchun 500 bat (14 dollar) jarima yozib berishlari mumkin, lekin jarimaning umumiy miqdori 20 ming bat (570 dollar) dan oshmasligi lozim. Jarimani to‘lab, mamlakatdan chiqib, yana to‘siqsiz qayta kirish mumkin.
40dan ortiq davlatlar fuqarolari Tailandga vizasiz tartibda borib, 30 kun davomida yashashlari mumkin. Biroq ba'zi sayohatchilarning “bir oyi” bir necha yillarga cho‘zilib ketish hollari ko‘payib ketgani shu qonunning ishlab chiqilishiga sabab bo‘ldi.