Tadqiqotchilar tyulen-kanniballarni ilk bor videotasvirga olishdi

Jamiyat 16:49 / 18.02.2016 5972

Britaniyalik tadqiqotchilar yashil tyulenlar o‘z turiga mansub tyulenchalarni ovlaganini suratga olishdi – tyulen ularni tutib, cho‘ktiradi va yeb qo‘yadi.

"Zoologlar aynan shu jonzotlar orasida yana to‘rt bor kannibalizm (fransuzcha cannibale, ispancha canibal – odamning odam go‘shtini, kengroq ma'noda o‘zi mansub turdagi jonzotlarni yeyish, iste'mol qilish) holatiga duch kelishgan", deya ma'lumot beradi New Scientist.

2014 yilda bir haftaning ichida bir erkak tyulen beshta tyulen bolasini yeb qo‘ygan.

Bundan tashqari, Shotlandiyaning Mey orolidagi shu koloniyada yana 11ta mitti tyulencha qoldiqlari topilgan.

Bunday holatlarga “Erkak tyulen qanchadir vaqtga o‘z hududini tark etsa, “dugona”sini yo‘qotib qo‘yish turgan gap, uning o‘rnini boshqa tyulenlar egallab oladi. Shuning uchun u dengizga tushmasdan yemish topishni xohlaydi”, deb izoh berdi tadqiqot hammuallifi Shon Tviss.

Xuddi shu sabab bilan (“o‘z” hududi haqidagi tashvish) o‘z atrofidagi bolalarni o‘ldirmaydi, avval o‘zidan nariroqdagilarga hujum qiladi – shunda u o‘z bolalarini o‘ldirib qo‘ymaganiga amin bo‘ladi.

2015 yili tyulenlarni yuzlab delfinlarni o‘ldirganlikda ayblashgandi. Delfinlarning majaqlangan jasadlari Niderlandiya dengizi qirg‘oqlariga chiqib qolar edi. Kurakoyoqlilar delfinlarni zavqlanish uchungina o‘ldirganlar, deb hisoblashadi olimlar.

Ko‘proq yangiliklar: