Silvio Berluskoni: Maqsadimiz keyingi 5 mavsumda 2 marta YeChL finaliga chiqish

Sport 17:51 / 18.02.2016 2131

Italiyaning «Milan» klubi prezidenti Silvio Berluskoni jamoaning yaqin kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Milan»dagi 30 yillik faoliyatimga 10 balldan yuqoriroq baho qo‘ygan bo‘lardim. Bu muddat biz uchun sehrli darajada o‘tdi. Biz har qanday klubdan ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritdik. Hozir butun dunyo bo‘ylab 363 million muxlisimiz bor.

Skudetto va YeChL g‘olibligi uchun kurashishimizga odamlar o‘ylaganchalik uzoq vaqt kerak bo‘lmasligi mumkin. Men futboldan tashqari vaqtimda juda ko‘p vaqt band bo‘ldim. Endi esa bor e'tiborim futbol maydoniga qaratilgan. Biz kelajakda muvaffaqiyat keltiradigan jamoa qurishga harakat qilmoqdamiz.

Biz sakkiz marta Yevropa chempionlar Ligasi finalida o‘ynaganmiz. Maqsadimiz – yaqin besh yil ichida bu raqamni o‘ntaga yetkazish», – deya ta'kidlab o‘tdi Berluskoni La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Ko‘proq yangiliklar: