Rossiyaning Orlov viloyatida o‘zbekistonlik oilaning 1,5 yoshli go‘dagi 4-qavatdan tushib ketgach omon qoldi

Jamiyat 18:55 / 18.02.2016 5858

14 fevral kuni Rossiya Federatsiyasining Orlov viloyatida ko‘p qavatli uylarning to‘rtinchi qavatidan bir yarim yoshli go‘dak tushib ketgan. Bola uchta qavatdan uchib tushib magazinning tomiga tushgan. Bosh miyasining og‘ir jarohatiga qaramasdan bola o‘z hushida bo‘lgan.

"Tez yordam ona va bolani viloyat kasalxonasiga olib ketgan. Hozir bolaning ahvolini jiddiy, lekin barqaror deb baholashyapti", xabar beradi «Cobytiya» nashri.

Onasining aytishicha, u bolasini bor-yo‘g‘i bir necha daqiqaga qarovsiz qoldirgan, xolos.

Oila Orlovga O‘zbekistondan ko‘chib kelgani qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: