Rep ijrochi Kane Uest qarzini to‘lay olishi uchun pul yig‘ilmoqda

Jamiyat 20:13 / 18.02.2016 3864

AQShlik rep ijrochi Kane Uest 53 mln dollarlik qarzini to‘lay olmayotgani uchun unga pul yig‘ilmoqda. Pullarni GoFundMe saytiga o‘tkazish mumkin. Ayni vaqtda 3,5 ming dollar yig‘ilgan.

Avvalroq Uest o‘zining tvitterida 53 mln dollar qarzi borligi va Facebook asoschisi Mark Tsukerbergga "zamonamizning va barcha vaqtlarning eng buyuk artisti" sifatida unga 1 mlrd dollar investitsiya qilish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Pul yig‘ilayotgan sayt sahifasida repchi fanatlari o‘z kumirlariga yordam berishni so‘rashmoqda. "Uning 53 mln dollar qarzi bor va ko‘rinishicha, u juda muhtojlik sezayotgan mablag‘ni Tsukerbergdan oladiganga o‘xshamaydi", deyilmoqda xabarda.

Uestning hamkasbi, yana bir rep ijrochi The Game unga 10 mln dollar berishni taklif qildi. Bu haqda The Source nashri xabar bermoqda. "Men Mark Tsukerberg emasman, biroq menda, agar u Dubayga kelib, biz bilan parashyutdan sakrasa, uning g‘oyalariga investitsiya qilishga 10 mln dollar bor", deb yozdi o‘z tvitterida The Game. U
o‘ylab ko‘rish uchun Uestga bir soat vaqt berdi. Biroq The Game javob olgan-olmagani noma'lum.

Ko‘proq yangiliklar: