Peugeot kompaniyasi eng kichik krossoverini yangiladi

Fan-texnika 20:40 / 18.02.2016 2217

Peugeot kompaniyasi o‘zining eng kichik krossoveri Peugeot 2008’ning yangilangan versiyasini taqdim qildi. Yo‘ltanlamasning ilk namoyishi mart oyida Jyeneva avtosalonida bo‘lib o‘tadi.

Restayling qilingan modelning radiator panjarasi ko‘rinishi o‘zgardi, unda sher ko‘rinishidagi kompaniya emblemasi joylashtirildi. Krossover, shuningdek, o‘zgacha kapot va modernizatsiya qilingan orqa fonarlar oldi.

Bundan tashqari, Peugeot 2008 uchun maxsus 17 dyuymli alyuminiy g‘ildirak disklari, qora rangdagi radiator panjarasi, reyling va tepkilarga alyuminiy nakladkalarni o‘z ichiga oluvchi GT Line stayling-paketi manzur.

Krossover MirrorLink tizimi va Apple CarPlay interfeysini qo‘llab-quvvatlovchi multimedia majmuasi bilan taklif qilinadi.

Model 82, 110 va 130 ot kuchiga ega 1,2 litrli benzinli hamda 75, 100 va 120 ot kuchiga ega 1,6 litrli dizel dvigatellar bilan taklif qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: