Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, hukumat tomonidan umumta'lim maktablarini zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta'minlash uchun 2016-2017 yillarda 80 million AQSh dollari ajratiladi.
Mazkur mablag‘lar respublikadagi 3,9 mingdan ziyod maktablardagi informatika va xorijiy tillar bo‘yicha ta'lim sifatini yuksaltirishga ko‘maklashuvchi multimedia asbob-uskunalarni sotib olishga sarflanadi. Joriy yilning o‘zida 1,6 mingta maktab kompyuter va elektron doskalar bilan ta'minlanadi.