Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tashkilot rahbari shayx Salmon ibn Ibrohim al-Xalifani FIFA prezidentligi uchun saylovlarda qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda TASS nemis axborot agentligi DPA‘ga tayanib xabar berdi.
«Hozirgi vaqtda Osiyoda FIFA prezidentligi uchun ikki nafar (Iordaniya shahzodasi Ali bin al-Husayn ham nomzod – Kun.Uz izohi) nomzod bor. Biz ulardan tashkilotda qayta qurishni amalga oshira oladiganini qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Bu esa OFK prezidentidir», - deya ta'kidladi OFK Bosh kotibi Richard Lay.
Eslatib o‘tamiz, osiyolik ikki nomzoddan tashqari UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino va FIFA sobiq Bosh kotibi o‘rinbosari Jyerom Shampan ham saylovlarda ishtirok etadi.
FIFA prezidentligi uchun saylovlar 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.