Obama 21 mart kuni Kubaga rasmiy tashrif uyushtiradi

Jahon 20:09 / 18.02.2016 1956

AQSh prezidenti Barak Obamaning Kubaga mart oyida safar qilishi rasman ma'lum bo‘ldi. Uning o‘zi bu haqida tvitterida yozgan.

"Keyingi oyda Kubaga boraman. Safarimdan maqsad o‘zaro aloqalarni kuchaytirish va rivojlantirish, shuningdek kubaliklarning yashash sharoitlari yaxshilanishida yordam beruvchi loyihalarga erishish", deya yozgan Obama.

Qayd etilishicha, Barak Obama va Oq uyning birinchi xonimi Mishel Obama 21-22 mart kunlarida Kubada bo‘lishadi.

Qayd etish kerakki, bu tashrif orqali Obama 1928 yildan buyon Kubaga tashrif buyurgan ilk AQSh prezidentiga aylanishi mumkin. Kubaga oxirgi marta 1928 yili amerikaliklarning o‘sha vaqtdagi prezidenti Kalvin Kulij safar qilgandi.

Obama yaqin vaqt ichida Kubaga boradi

NYT: Zika virusi tufayli Obamaning Kubaga tashrifi bekor qilinishi mumkin

Ko‘proq yangiliklar: