Moskvaning «Lokomotiv» klubi prezidenti Olga Smorodskayaning maslahati bilan klub futbolchisi Dmitriy Tarasov Rossiya prezidenti Vladimir Putin tasviri tushirilgan futbolkani kiyib chiqqan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, «Lokomotiv»ning so‘nggi paytlardagi muammosi sabab jamoa yevrokuboklardan chetlatilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Bu klubning imijiga zarar yetkazishini tayin edi.
"Aynan mana shu vaziyatda hukumatning qo‘llab-quvvatlashidan umidvor bo‘lgan Smorodskaya OAVda eng e'tiborli bo‘lgan Tarasovga shu ishni qilishni maslahat bergan bo‘lishi mumkin", deyiladi klub direktorlar kengashiga yaqin manbalar bergan ma'lumotda.
Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv"ning Yevropa ligasi 1/16 finalida "Fenerbahche"ga qarshi uchrashuv (0:2) yakunlangach, Tarasov jamoa futbolkasini yechgan va ichki maykasidagi Putinning harbiy libosda tushgan surati hamda "Eng xushmuomala prezident" yozuvini turkiyalik muxlislarga ko‘rsatgandi.
UYeFA bu holat bo‘yicha ish ochgan. Tarasov 10ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Tarasov "Fenerbahche" stadionidagi harakatidan keyin turkiyalik muxlislar tahdidiga yo‘liqdi