Miya operatsiyasida virtual reallik muvafaqiyatli qo‘llanildi

Jamiyat 20:45 / 18.02.2016 5940

Neyrojarrohlikda shunday operatsiyalar bo‘ladiki, bemor o‘z hushida qolishi bilan birga, jarrohning ishida ham qatnashishi talab etiladi.

Miyada har xil funksiyalarni bajaruvchi bir necha o‘nlab qatlamlar bo‘lgani uchun, neyrojarrohlar tasodifan miyaning boshqa sog‘lom to‘qimalariga tegib ketmaslik uchun, ularning joylashgan joylarini aniq bilishlari kerak bo‘ladi.

Fransiya g‘arbida joylashgan Anjye shahri gospitalida virtual reallik shlemi yordamida miya operatsiyasi amalga oshirildi.

VR-shlem bemor bosh miyadasidagi bir necha funksional markazlarni aniqlashga katta yordam berdi. Albatta, bu amaliyotni VR-shlemsiz ham amalga oshirsa bo‘ladi, ammo bu qurilma mazkur jarayonni bir qadar osonlashtirishga hissa qo‘shadi. Bemor ayni vaqtda nima ko‘rayotganini aytishi bilan, jarrohlar miyadagi har qanday mayda o‘zgarishlarni payqaydilar va shunga yarasha ish ko‘radilar.

Xabar qilinishicha, Anjye gospitalida bosh miya ustidagi operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangan. Bemorning ko‘rishiga javob beruvchi qatlamidagi o‘sma olib tashlangan. Bemor sog‘aya boshlagani qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: