Manba: Anqaradagi teraktni suriyalik kurd jangarisi ijro etgan

Jahon 14:48 / 18.02.2016 2677

Anqarada yuz bergan terakt vaqtida bombani portlatganlikda gumon qilinayotgan kishining shaxsi uning barmoq izlari orqali aniqlandi.

"17 fevral kuni avtomobilga o‘rnatilgan, 28 kishining hayotiga zomin bo‘lgan bombani Suriya fuqarosi Solih Nejar harakatga keltirgan", deb xabar qiladi TASS agentligi.

Mahalliy nashrlarning ma'lumotiga ko‘ra, Solih Nejar Turkiyaga qochqinlar oqimi bilan birga kirgan.

Uning barmoq izlari chegara xizmatidan olingan, bu esa terakt sodir bo‘lgan joyda tana qismlari topilgan gumondorni aniqlashga imkon berdi.

Portlovchi vosita berkitilgan va harbiy kazarma atrofida portlagan mashina ikki hafta oldin Izmir shahrida ijaraga olingan.

Terakt natijasi yaralangan 61 kishidan 30 nafariga kasalxonalardan uylariga qaytishga ruxsat berilgan.

Halok bo‘lganlarning aksariyati Turkiya qurolli kuchlari vakillaridir, jumladan, zobitlar.

Turkiyadagi portlashni hozircha hech bir terroristik guruh o‘z zimmasiga olmagan. Lekin Turkiya maxsus xizmatlari bu teraktda Turkiyada taqiqlangan "Kurdiston Ishchi partiyasi" qanoti bo‘lmish Suriyadagi kurdlar guruhdan shubha qilmoqda.

Turkiya bosh vaziri Anqaradagi terakt uchun Suriya kurdlarini aybladi

Ko‘proq yangiliklar: