Angliyaning «Lester» klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri jamoasining o‘yini va ichki muhit borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Men bu yerga kelganimda: «Yigitlar, eshitinglar, biz eng kuchli futbolchilar emasmiz, ammo biz ham xuddi raqib jamoalariga o‘xshagan 11 insonmiz. Biz ularning kim ekaniga e'tibor berishimiz kerak emas. Shunchaki yutamizmi yoki yo‘q, biz nimaga qodir ekanimizni ko‘rsatishimiz kerak», deb aytganman.
Ha, biz rok-n-roll jamoasimiz. Siz shunaqa atashingiz mumkin. Agar haqiqatni gapiradigan bo‘lsak, bizda hamma bir-biriga yordam beradigan juda mustahkam jamoa bor. Men hayotim davomida hech qachon bundayini ko‘rmaganman.
Maqsadimiz APLda o‘z o‘rnimizni saqlab qolish edi. Biz buni uddaladik. Endi esa qandaydir aqlbovar qilmas natija uchun kurashib ko‘ramiz.
Bu yigitlar meni umuman g‘azablantirishmaydi. Men nimadir o‘xshamayotgan bo‘lsa, ularni qanday ruhlantirishni yaxshi bilaman. Men har doim ularga so‘zsiz ishonib kelganman. Agar qachondir asabiylashadigan bo‘lsam, unda Rim shevasida gapirishni boshlayman.
Besh yil oldin Vardi havaskorlar darajasida futbol o‘ynab yurganida uni hech kim tanimasdi. Keyin esa u chempionshipda 16 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. APLdagi birinchi mavsumida esa u oltita gol urishni uddaladi.
Jyeymi – raqibni birinchi bo‘lib pressing qiladigan futbolchi. U jamoadagi sheriklari uchun namuna. U g‘alabalarimizdan keyin o‘rtoqlari bilan o‘tirib, ichishadimi-yo‘qmi buni bilmayman. Bu meni xavotirga solmaydi. U hozircha juda yaxshi mashg‘ulotlar olib bormoqda. Demak u nima xohlasa o‘sha ishni qilishi ortiqcha muammo tug‘dirmaydi», – deya Raneridan iqtibos keltiradi ESPN.