Erdo‘g‘an Anqaradagi teraktdan keyin 14 kishi hibsga olingani haqida ma'lum qildi

Jahon 16:30 / 18.02.2016 2396

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqaradagi terakt tashkilotchiligida gumonlanib qo‘lga olingan kishilar soni 14 nafarni tashkil qilayotgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Bundan oldinroq, mamlakat bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Anqaradagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 9 kishi qo‘lga olingani haqida xabar bergandi.

Bundan tashqari Dovudo‘g‘li 17 fevral kuni sodir etilgan terakt uchun aybni kurdlar zimmasiga yuklagan.

Eslatib o‘tamiz, 17 fevral oqshomida Anqara markazidagi harbiylar yotoqxonasi oldiga kelgan avtomobil portlashi oqibatida 28 kishi halok bo‘lib, 31 kishi jarohat oldi.

Ko‘proq yangiliklar: