Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Darig‘a Nazarboyeva o‘z-o‘zicha, hech qanday hujjatlarsiz ishlaydigan qozog‘istonliklarni hasislik qilmay, daromadlari bilan bo‘lishishga chaqirdi.
"Tibbiy sug‘urta ham bizga o‘z-o‘zicha ishlaydigan aholini yuzaga chiqarishga yordam beradi. 2 mln 700 ming odam rasman ishlaydigan va soliq to‘laydigan fuqarolar kabi bepul tibbiy yordam oladilar. Ular mamlakat byudjyetiga bir tiyin to‘lamaydilar, biroq ularning farzandlari bepul ta'lim, kasb oladi, o‘zlari esa ijtimoiy himoyaga, qarilik pensiyasiga da'vogarlik qiladilar – bu adolatdan emas", deb aytdi Nazarboyeva Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligining kengaytirilgan ha'ayt majlisida. Bu haqda KazTAG xabar berdi.
"Albatta, bir tomondan davlat bunga ko‘z yumgan, chunki odamlar o‘zlarini ish bilan, daromad bilan ta'minlaydilar. Mamlakatning har bir fuqrosi, agar biz buni istasak, ijtimoiy soha yuqori sifatda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishini istasa, agar biz yo‘llarimiz yaxshi bo‘lishini, farzandlarimiz yaxshi ta'lim olishi va har birimiz keksalikda munosib hayot kechirishni istasak, unda biz, bu sizga yoqadmi-yo‘qmi, soliq to‘lashimiz lozim. Barcha rivojlangan davlatlar aynan shunda turadi", deb aytdi Darig‘a Nazarboyeva hamda ko‘pgina davlatlarda soliq solish darajasi Qozog‘istondan 2-3 barobar kattaligini qayd qilib o‘tdi.
Uning aytishicha, Skandinaviya davlatlarida fuqarolarning 60-70 foiz daromadi soliqlar ko‘rinishida byudjyetga to‘lanadi.
"Bizda juda erkin soliq siyosati mavjud. Shuning uchun prezidentimiz aytgandek, vijdonli bo‘lib, hasislik qilmay, bo‘lishish kerak, soliqlar to‘lab, tinchgina uxlash kerak", deb aytdi Nazarboyeva.
"Shuning uchun tibbiy sug‘urtalash tizimida tibbiy sug‘urtani, sug‘urta polisini o‘z-o‘zicha, hech qanday hujjatsiz ishlaydigan odamlar ololmasligi ko‘zda tutilgan, biz buni ularni bu xizmatlardan butkul uzib qo‘ymoqchi bo‘layotganimiz, vaziyatdan chiqishni ularning o‘zlariga tashlab qo‘yayotganimiz uchun qilmayapmiz – yo‘q. Agar odam hech qayerda ishlamasa, u bandlik markaziga boradi, u yerda ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tadi, tegishli nafaqa oladi, markaz uni o‘zi istagan o‘qishga, o‘zi istagan mutaxassislik bo‘yicha malaka olishga yuboradi. E'tibor bering, buning barchasi byudjyet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Davlat yana uni ishga joylashtiradi. Sendan esa faqat ishlash va soliq to‘lashgina talab etiladi", deb aytdi Nazarboyeva.
Nazarboyevaning fikricha bu tizim yetarlicha aniq va adolatlidir.