"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Rafael Benites jamoa prezidenti Florentino Peresning ish uslubi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Keyingi yillar davomida "Real"da nimalar ro‘y berdi qarang: bu yerda Kamacho, del Boske, Pellegrini, Mourino va Anchelotti ishladi. Bu jamoada bosh murabbiy bo‘lish juda qiyin. Bu jamoa rahbariyati talabiga javob berish uchun ideal bo‘lishing kerak.
Rahbariyat natijalar kutilganidek kechmayotganini ko‘rishsa, murabbiyni ishdan olishga kirishadi. Men bilan ro‘y bergan vaziyatda ham ahvol yaxshilanishiga ishonib turgandim. Lekin barcha asabiylasha boshladi, muxlislar ham, futbolchilar ham, prezident ham. Natijada, hammasiga murabbiy aybdor qilindi.
Omadga erishishning garovi - ishning tadrijiy rivojlantirilishidir. Madridliklarga Ispaniyada o‘z o‘yin uslubiga ega bo‘lgan "Barselona" bilan raqobatlashishga to‘g‘ri keladi. Ammo "Real" har yili murabbiylarni o‘zgartiradi va ish har safar noldan boshlanadi. Shu sabab "Barselona" keyingi 7 mavsumda 5 marta g‘olib chiqdi. Madrid klublari esa — bir martadan.
"Barselona" so‘nggi 8 yil ichida 6 marta Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi, jamoa so‘nggi vaqtlarda "Real"dan ikki barobar ko‘p unvon qo‘lga kiritgan. Men hisoblaymanki, barqarorlik, izchillik – bu muvaffaqiyat kalitidir.
Peres nimanidir o‘zgartirishga, "Real"ni muvaffaqiyatli loyihaga aylantirishga harakat qilyapti, yechim izlayapti, ammo "Barselona" ko‘proq g‘alabalar qozonishda davom etayapti", — dedi Benites.