“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston 20:08 / 18.02.2016 3923

Milliy Matbuot markazida MXX Davlat chegaralarini himoya kiluvchi qo‘mitasi va "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi tomonidan "Yosh chegarachilar" harbiy-vatanparvarlik musobaqalari tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hamkor tashkilot ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda MXX Davlat chegaralarini himoya qiluvchi ko‘mitasi mas'ul xodimlari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati vakillari, hamkor tashkilotlar mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi tomonidan yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi MXX chegara qo‘shinlari saflarida xizmatni o‘tash, harbiy bilim yurtlariga o‘qishga kirish uchun ruhan va jismonan tayyorlash, chegara qo‘shinlariga ko‘maklashuvchi guruhlar tarkibida chegara oldi hududi doirasida Davlat chegarasini himoya kilish va qo‘riqlashda ixtiyoriy ravishda ishtirok etishlari tashkil etish maqsadida o‘rta maxsus kasb-xunar ta'limi muassasalari o‘quvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan "Yosh chegarachilar" musobaqalari 2011 yildan buyon o‘tkazib kelinmokda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevral kungi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, shuningdek, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashi majlisining 2015 yil 10 dekabr kunidagi bayoniga asosan, “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqalari 2016 yil fevral-may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda mazkur musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hamkor tashkilotlar zimmasidagi vazifalar, ularning ijrosi, musobaqa taqvimiga kiritiladigan turli madaniiy tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, musobaqani yuksak saviyada o‘tkazish uchun hamkorlar safiga bu yildan Toshkent shahar hokimligi va IIV yo‘l harakati xavsizligi Bosh boshqarmasi ham kiritildi.
"Yosh chegarachilar" harbiy-vatanparvarlik musobaqalari g‘oliblari, murabbiylar, 20 ta “Eng ilg‘or” nominatsiya egalari kompyuter jamlanmasi, televizor, DVD pleyer, uyali aloqa telefonlari, medal va diplomlar hamda o‘quv qurollari taqdim etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: