"Lokomotiv" jamoasi yarim himoyachisi Dmitriy Tarasov o‘z instagramiga "Fenerbahche" stadionida o‘zi tomonidan amalga oshirilgan harakat tasviri, ya'ni stadionga Putin tasvirlangan maykaga tushib kelgani suratini joylashtirgach, turkiyalik muxlislarning "qahru-g‘azabiga" duchor bo‘ldi.
Bu surat ostida 14 soat davomida turli tillarda 3 mingdan ortiq izohlar yozildi. Ularning katta qismi turkiyalik muxlislar tomonidan qoldirilgan va ular turli haqoratomuz so‘zlarni ishlatishgan. Ba'zi izohlarda Tarasovning hayotiga tahdid qilingan.
"Lokomotiv" va "Fenerbahche" jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni Moskva shahrida o‘tkazilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv"ning Yevropa ligasi 1/16 finalida "Fenerbahche"ga qarshi uchrashuv (0:2) yakunlangach, Tarasov jamoa futbolkasini yechgan va ichki maykasidagi Putinning harbiy libosda tushgan surati hamda "Eng xushmuomala prezident" yozuvini turkiyalik muxlislarga ko‘rsatgandi.
"Fenerbahche" muxlislari Istanbulda "Lokomotiv" jamoasi avtobusiga hujum uyushtirdi
Dmitriy Tarasov Turkiyadagi o‘yindan keyin Putin surati bor maykasini ko‘rsatganiga izoh berdi