Saudiya Arabistoni xalqaro koalitsiya rahbarligida Suriyadagi quruqlikdagi operatsiyada ishtirok etishga tayyor, deb aytdi brigada generali Ahmad Asiriy. Bu haqda Sky News Arabia ma'lum qildi.
"Saudiya Arabistoni bir o‘zi emas, balki xalqaro koalitsiya rahbarligida Suriyaga kirib borishga tayyorligini bildirdi", deb aytdi Asiriy.
Asiriyning aytishicha, Saudiya Arabistoni va Turkiyaning birgalikdagi harbiy-havo mashg‘ulotlari Saudiya Arabistoni qurolli kuchlarining bunga tayyorligini tasdiqladi.