Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 25 yoshgacha bo‘lgan talabalarga Un mois en France dasturida ishtirok etishni taklif qiladi.
G‘oliblarga Fransiyaga borish imkoniyati taqdim etiladi.
Elchixona saytining xabar berishicha, tanlov ikki bosqich – yozma va og‘zaki tarzda, faqatgina fransuz tilida bo‘lib o‘tadi. Yozma ishlar 12 mart kuni Frankofoniya bayrami arafasida o‘tkaziladi. Tanlovning birinchi bosqichidan 5 nafar nomzod tanlab olinadi. Tanlov savollari talabalarning mutaxassisligi qandayligidan qat'i nazar, ularning bilimdonligiga qaratiladi.
Eng yaxshi natijani ko‘rsatgan talabalar bir oy Fransiyada yashash imkoniga ega bo‘lishadi. Ular uch oy yotoqxonada va bir oy mahalliy oilalarda istiqomat qilishadi.