AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyaning Suriyadagi harbiy harakatlarda ishtirok etishini Suriya prezidenti Bashar Asad tuzumi zaifligining alomati hisoblanishini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Obama Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan ASeAN sammitidan keyin Suriya armiyasining yo‘nalishini o‘yinchi ot poygasida biror otga pul tikkanda o‘sha ot yutqazayotgan vaziyatga o‘xshash, deb qayd qildi.
Obama Asad va Putinda "ma'lum muvaffaqiyatlar" borligini, biroq Suriyaning to‘rtdan uch qismi hali ham ular nazoratida emasligini qo‘shimcha qildi.
Bundan tashqari, "Moskva butkul vayron bo‘lgan davlatni o‘ziga ittifoqchi sifatida olib qanday maqsadni ko‘zlamoqda", degan savol qo‘ydi.