Fransiya parlamenti deputatlari mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini yana 3 oyga, ya'ni 26 maygacha uzaytirishni qo‘llab-quvvatlab ovoz berishdi, deb xabar bermoqda BFMTV telekanali.
Ma'lum qilinishicha, bu qonunning qabul qilinishi uchun 212 deputat ovoz berdi, 31 deputat qarshi chiqdi, qolganlar bataraf qolishdi. O‘tgan yilning noyabrida favqulodda choralar tarafdorlari ko‘proq bo‘lgandi, ya'ni o‘shanda bu choraning kiritilishiga 551 deputat ovoz bergandi, 6 nafari qarshi chiqqandi.
O‘tgan haftada favqulodda vaziyat tartibini uzaytirish qonun loyihasini Fransiya senati ham qo‘llab-quvvatlagandi va hozirda mamlakatdagi "terrorchilik xavfi boshqa istalgan vaqtdagidan yuqoriroq" ekanligini ta'kidlagan.