YeChL. "PSJ" uy uchrashuvida "Chelsi"ni yengdi

Sport 08:20 / 17.02.2016 4320

16 fevral oqshomida Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finalidagi birinchi uchrashuvlar doirasida "PSJ" "Chelsi"ni qabul qildi.

O‘yinda parijliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi.

39-daqiqaga kelib, Zlatan Ibrohimovich jarima zarbasidan unumli foydalangan holda jamoasini oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada burchak zarbasidan keyin parijliklar jarima maydonida yuzaga kelgan sarosima vaqtida Obi Mikel to‘pni darvozaga yo‘llab, oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.

Ikkinchi taymda o‘yinga Lukas Mouraning o‘rniga zaxirada qo‘shilgan Edinson Kavani maydonga tushishidan 4 daqiqa o‘tib, o‘yinning 78-daqiqasida yakuniy hisobni o‘rnatdi - 2:1.

Chempionlar ligasi, 1/8 final

PSJ Fransiya – Chelsi Angliya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 39 Ibrohimovich, 1:1 – 45 Obi Mikel, 2:1 – 78 Kavani.
PSJ – Trapp, Markinos, Tiago Silva, David Luiz, Maksvell, Verratti (Rabo, 81), Motta, Matyuidi (Pastore, 81), Di Mariya, Ibrohimovich, Lukas (Kavani, 74).
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Keyxill, Ivanovich, Baba, Obi Mikel, Fabregas, Pedro, Villian, Azar (Oskar, 71), Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Ibrohimovich (19), Obi Mikel (38), Pedro (67), Lukas (70), David Luiz (71).

Ko‘proq yangiliklar: