Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud telefon orqali suhbatda Suriyadagi ixtilofni muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda Turkiya hukumatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Siyosatchilar "Halabdan shimol tomonda Rossiya va Suriya hukumat qo‘shinlarining hujumlari" bilan bog‘liq vaziyat xavotirli ekanligi haqidagi fikrga kelishdi. Bundan tashqari, ular Suriyadagi ixtilof Basar Asad boshqaruvi vaqtida hal qilib bo‘linmaydi, degan xulosaga qelishdi.
Erdo‘g‘an va qirol Al-Saud mintaqadagi gumanitar ahvolni yomonlashtiradigan, tinch aholiga hujumlarni to‘xtatish va qamal qilingan shaharlarni ozod qilishga chaqirdilar.
Bundan tashqari, ular Suriya shimolidagi kurdlarning hujumlari va Turkiya armiyasining javob harakatlarini muhokama qilishdi.