AQShda Eron bilan muzokaralar inqirozga uchrasa, unga nisbatan kiberhujum uyushtirish rejasi ishlab chiqildi. Bu haqida mazkur dasturni ishlab chiqishda ishtirok etgan maxsus xizmatning amaldor va xodimlari xabar bermoqda.
Mazkur Nitro Zeus rejasi mintaqada mojaroning avj olishi yuz bergan vaziyatda qo‘llash uchun ishlab chiqilgan. Dastur Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eronning yadro obektlariga hujum qilganida qo‘llanilishi rejalashtirilgan edi.
Nitro Zeus rejasi Eron harbiy havo kuchlari, aloqa vositalari, shuningdek mamlakat energotizimining muhim qismlarini blokka qo‘yishni o‘z ichiga olgan. Shu yo‘l bilan AQSh prezidenti mamlakat rahbariyatiga harbiy kuch ishlatmagan holda ta'sir o‘tkazishning qo‘shimcha usuliga ega bo‘ldi.
"Dasturni tayyorlashda maxsus xizmatning minglab harbiylari va xodimlari ishtirok etishdi va rejaga million dollar sarflandi", deya yoziladi The New York Times nashri.
Eron bilan yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarda muvaffaqiyatga erishgach, rejadan voz kechilgan.
AQSh harbiy kuchlari sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan mojarolar uchun harakat rejalarini ishlab chiqishmoqda. Bunday rejalarning ko‘pchiligi hech qachon qo‘llanilmaydi, ular yillar davomida yangilab boriladi. Shunga qaramay, mazkur reja shoshilinch ravishda ishlab chiqildi.
Eronga uyushtiriladigan kiberhujum to‘g‘risidagi ma'lumot Zero Days hujjatli filmini tayyorlash vaqtida oshkor etildi. Mazkur film 17 fevral kuni Berlin kinofestivalida namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning iyul oyida Eron yadro texnologiyalari sohasida tadqiqotlarni cheklashga rozilik bildirdi, shundan keyin mamlakatdan xalqaro sanksiyalar olib tashlandi.