Yaroslavlda ko‘p qavatli uyda yuz bergan portlash qurbonlari soni 7 nafarga yetdi

Jahon 15:37 / 16.02.2016 2844

16 fevral kunining birinchi yarmida Rossiyaning Yaroslavl shahrida ko‘p qavatli uyda yuz bergan portlash natijasida qurbon bo‘lganlar soni 7 nafarga yetgan. Bu haqda Rossiya FVV hududiy markazi ma'lumotiga asoslanib, RIA Novosti xabar bergan.

"Xarobalar ostidan yana bir ayolning jasadi chiqarib olindi. Endilikda qurbonlar soni 7 nafarni tashkil qilmoqda", deyiladi xabarda.

Manbaning ma'lum qilishicha, qurbonlarning 2 nafari bolalar.

Bundan oldingi xabarlarda bu hodisa tufayli 4 kishi halok bo‘lgani aytilgandi.

Bu portlash gaz uskunasidagi nosozlik tufayli ro‘y bergan. Portlash tufayli 25ta kvartira jiddiy zararlangan.

Ko‘proq yangiliklar: