Toshiba, Fujitsu va Vaio yangi kompyuter kompaniyasi yaratadi

Fan-texnika 20:24 / 16.02.2016 2294

Yaponiya OAVlariga Toshiba va Fujitsu’ning kompyuter bo‘limlari hamda Sony negizida yaratilgan Vaio kompaniyasining birlashishi ma'lum bo‘ldi. Birlashishga qaramasdan, kompaniyalar o‘z brendlarini saqlab qolmoqchi.

Jiji axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Toshiba, Fujitsu va Vaio kompaniyalari qo‘shma xolding kompaniyasini yaratish bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi. Bu yangi kompaniyaga kompaniyalarning kompyuter biznesi kiradi. Aktivlarning birlashishi hisobiga kompaniyalar o‘z ishlab chiqarish qurilmalarini samarali o‘zgartirishi, yetkazib beruvchilardan maqbul narxlarga erishishi va ziyonli kompyuter yo‘nalishlarining moliyaviy ko‘rsatkichlarga ta'sirini istisno qilishi kerak.

Manbaning ma'lum qilishicha, Toshiba va Fujitsu’ning yangi kompaniyadagi ulushi 50 foizdan kamroqni tashkil qiladi, uni Japan Industrial Partners (Vaio egasi) investitsion fondi boshqarishi mumkin.

Shu bilan birga kompaniyalarning savdo markalari va VaiO bozorda qoladi. Kompaniyalar birlashishi haqidagi kelishuvni joriy moliyaviy yilning oxirigacha (31 martda) imzolashmoqchi.

Uchta kompaniya bo‘limlarining birlashishi natijasida Yaponiyada desktop va noutbuk ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya paydo bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: