2016 yilning 15 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida BMT Rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Stefan Prisner bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi aloqalar, jumladan BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi faoliyati bilan bog‘liq ishchi masalalar ko‘rib chiqildi.