Suriyada adovatda bo‘lgan tomonlar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha ishchi guruh yaqin kunlarda Jyenevada o‘z ishini boshlaydi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.
Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Yaqin Sharq va Afrika davlatlari bo‘yicha prezidentning maxsus vakili Mixail Bogdanov ma'lum qildi.
Bogdanovning aytishicha, Moskva va Vashington ishchi guruhning ish boshlashi sanasini hozircha kelishib olmadilar.
"Biz hozir amerikalik hamkorlarimiz bilan guruh ishining muddatlari va formatini kelishish bo‘yicha aloqalar o‘rnatmoqdamiz", dedi Bogdanov va guruh o‘z ishini yaqin kunlarda boshlashi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer Suriyada o‘t ochishning to‘liq to‘xtatilishi ko‘p jihatdan Rossiya va AQShning o‘zaro kelishuviga bog‘liq bo‘lishini aytgandi.
12 fevralda Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada tomonlar Suriyada bir hafta ichida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgandilar.