Sobiq futbolchi: Messi o‘z penaltisi uchun uzr so‘rashi, murabbiyi esa unga hayfsan berishi kerak

Sport 19:32 / 16.02.2016 7330

Taniqli irlandiyalik sobiq futbolchi Imon Danfi "Barselona" hujumchilari Lionel Messi va Luis Suares ishtirokida "Selta"ga qarshi o‘yin vaqtida ijro etilgan penaltiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

"Bunday harakatga ruxsat bermaslik kerak. Futbolchilar raqibga, futbolga va futbol tarixiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari kerak.

O‘tmishda hech bir yetakchi futbolchi bunday harakatni amalga oshirmasdi. Futbolni sevadiganlar Messini ham sevishardi, lekin u bu harakati orqali muxlislarni qattiq xafa qildi.

U futbolimizning obro‘siga zarar yetkazdi. Buning uchun u uzr so‘rashi lozim, murabbiyi esa unga hayfsan berishi kerak. Futbolni va uning asoslarini bunday bulg‘ash kerak emasdi.

Futbolda raqibni hamkasb sifatida ko‘rish va ularni hurmat qilish lozim. Sen kim bo‘lishingdan qat'i nazar eng muhimi futboldir. Messining bu darajaga yetishishida muxlislar, uning raqiblari va futbol olamidagi boshqa kishilarning hissasi katta", deydi Danfi.

Messi "Selta"ga qarshi o‘yinda penalti zarbasini kombinatsiyaga aylantirdi

Luis Enrike: Penaltini tepmay Messi maynavozchilik qilmadi. Muxlislarning ko‘nglini olib turish kerak

Ko‘proq yangiliklar: